1

Afsonaviy rejissyor Takeshi Kitano Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradi

Madaniyat 06.09.2022, 14:21
Afsonaviy rejissyor Takeshi Kitano Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradi

Rejissyor, mashhur aktyor va iste`dodli ssenariy muallifi, zamonaviy kinoning eng ko`zga ko`ringan namoyandalaridan biri Takeshi Kitano XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi kutilmoqda.

U tomoshabinlarga o`zining eng mashhur kartinalaridan biri – «Sonatina»ni taqdim etishini ma`lum qilgan. 

Namoyish 17 sentyabr kuni Butunjahon kino kunlari doirasida o`tkaziladi. Undan so`ng film rejissyori bilan birgalikda drama muhokamasi bo`lib o`tadi. 

Ma`lumot uchun: 

Yaponiya kino kunlari doirasidagi filmlar namoyishi O`zbekiston va Yaponiya elchixonalari ko`magida tashkil etiladi. «Sonatina» filmi esa rejissyorning eng yaxshi asarlaridan biri bo`lib, ko`plab mukofotlarga sazovor bo`lgan. 

Shuningdek, Kitano festival doirasidagi ijodiy uchrashuvlarda qatnashadi, 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1