AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Parlamentlararo ittifoq delegasiyasi - ushbu nufuzli tuzilma raisi Duarte Pacheko va bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Parlamentlararo ittifoq delegasiyasi - ushbu nufuzli tuzilma raisi Duarte Pacheko va bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 sentyabr kuni Parlamentlararo ittifoq delegasiyasi - ushbu nufuzli tuzilma raisi Duarte Pacheko va bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O`zbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan sermahsul hamkorligi jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shu kunlarda Toshkent shahrida jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti muvaffaqiyatli o`tmoqda. Uning kun tartibidan demokratik va ijtimoiy iqtisodiy yangilanishlarni qo`llab-quvvatlashning samarali institutlarini rivojlantirish, gender siyosatni amalga oshirishga doir global va mintaqaviy ahamiyatga ega muhim masalalar o`rin olgan.

Bundan tashqari, ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan birgalikda qator muhim loyihalar amalga oshirildi, Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo`yicha parlament forumi va boshqa tadbirlar o`tkazildi.

Parlamentlararo ittifoqning yuqori darajali vakillari O`zbekiston etakchisiga qo`shma tashabbuslarni ilgari so`rishda ko`rsatayotgan har tomonlama ko`mak uchun minnatdorlik bildirib, Yangi O`zbekistondagi yangilanishlar va islohotlar dasturini to`liq qo`llab-quvvatladilar.

Uchrashuvda barqaror rivojlanish, demokratik qadriyatlarni ilgari surish, yoshlarni qo`llab-quvvatlash sohalaridagi maqsad va vazifalarga erishish, ittifoqning Innovasiyalar markazi bilan hamkorlik qilish kabi yo`nalishlarda o`zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar