AsosiyJinoyat

Sherobodda 119,1 mln so`mlik un mahsulotlarini talon-toroj qilgan sotuvchi qo`lga olindi

'Sherobodda 119,1 mln so`mlik un mahsulotlarini talon-toroj qilgan sotuvchi qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sherobod tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda “G.A.” MChJga qarashli savdo shahobchasi sotuvchisi G.M. o`ziga ishonib topshirilgan 119,1 mln so`mlik un mahsulotlarini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar