1

Ozarbayjon va O`zbekiston Xalq artistlari O`zbekistonda konsert dasturini namoyish etishadi

Madaniyat 12.09.2022, 19:46
Ozarbayjon va O`zbekiston Xalq artistlari O`zbekistonda konsert dasturini namoyish etishadi

O`zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, xalq artistlari,  opa-singil Gulyanog va Gulyaz Mammadova Toshkentda bo`lib o`tadigan "Ipak yo`lining durdonasi" nomli Xalqaro Kino Festivalida ishtirok etishadi. Shu bilan birga, ular Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan  tashkil etiladigan "Ulug`lardan ulug`imsan Vatanim" nomli katta konsert dasturida chiqish qilishadi. Tadbir Toshkent shahri va Bektemir tumanida bo`lib o`tadi.

Ma`lumotga ko`ra, bu Gulyanog Mammadovaning O`zbekiston Respublikasi Xalq artisti unvoniga sazovor bo`lgandan keyingi O`zbekistondagi ilk konsertidir.

Eslatib o`tamiz, xalq artistlari Gulyanog va Gulyoz Mammadova 14 sentyabr kuni Toshkentda ochiladigan "Ipak yo`lining durdonasi" nomli Xalqaro Kino Festivalida dunyoning mashhur artistlari, kino arboblari bilan, shuningdek, taniqli san`at arboblari bilan birga qizil gilamchadan yurishadi.  

15 sentyabr kuni xalq artistlari opa-singil Gulyanog va Gulyoz Mammadovalar Xalqaro Kino Festivali doirasida O`zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida ochiladigan "Ozarbayjon kinosi kunlari" tadbirida konsert dasturini namoyish etadilar.  

Shuni ta`kidlash joizki, 16 sentyabr kuni esa O`zbekistonning Buxoro shahridagi markaziy saroyda ham xalq artistlarining konsert dasturi namoyishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1