Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ShHT qadriyatlariga alohida to`xtaldi.
"Prezident maqolasidagi "bu turli madaniy-sivilizasiya kodlari va milliy taraqqiyot modellariga ega bo`lgan mamlakatlarni birlashtirishga muvaffaq bo`lgan tuzilma" degan so`zlarga qo`shilaman.
ShHT to`rtta yadroviy davlat, qadimiy sivilizasiyaga ega bo`lgan mamlakatlar, ma`lum kelishmovchiliklari bor, lekin eng muhimi, ularni hal qilishga tayyor davlatlarni o`z ichiga sig`dira oldi. Hindiston va Pokiston Tashkilotga a`zo bo`lgach, ShHT halokatini bashorat qilishgan, biroq «Shanxay sakkiztaligi» davlatlararo hamkorlikni, hatto keskin qarama-qarshiliklar sharoitida ham qurish mumkinligining namunasiga aylandi", – deb yozmoqda Aripov.
Uning aytishicha, Prezident tomonidan ShHT fenomenining muvaffaqiyati ochib berildi, bu – "ShHT o`ziga xiyonat qilmasdan o`zgargani" haqida. Ya`ni, 20 yilda uning asosiy tamoyillari: blokdan tashqari maqom, uchinchi davlatlarga qarshi turmaslik, ochiqlik, konsensus, ishonch, o`zaro manfaatdorlik, tenglik va o`zaro hurmatga hech qachon tajovuz qilinmagan.
ShHT hech qachon hech qanday geosiyosiy qarama-qarshilikda ishtirok etmagan, hech qachon o`zini bloklarga qarshi qo`ymagan, mojarolarda taraflardan biri tomon bo`lmagan.






