1

Samvel Babayan Burkina-Fasoga qarshi o`yin uchun chaqirilgan futbolchilar nomini e`lon qildi

Sport 15.08.2016, 18:07
Teglar: Futbol, O`zbekiston, JCh-2018
Samvel Babayan Burkina-Fasoga qarshi o`yin uchun chaqirilgan futbolchilar nomini e`lon qildi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan 24 avgust kuni Burkina-Faso milliy terma jamoasiga qarshi bo`lib o`tadigan o`rtoqlik o`yiniga chaqirilgan futbolchilar nomini e`lon qildi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

Eslatib o`tamiz, mazkur o`yin O`zbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati 3-saralash bosqichi ilk turida Suriyaga qarshi o`yindan oldin o`tkazadigan so`nggi o`rtoqlik o`yini hisoblanadi. Aynan Burkina-Fasoga qarshi o`yindan so`ng milliy terma jamoa bosh murabbiyi Suriyaga qarshi o`yinda maydonga tushishi mumkin bo`lgan futbolchilar nomini e`lon qiladi.

Ta`kidlash lozim, O`zbekiston milliy terma jamoasi Burkina-Fasoga qarshi o`yin oldidan 20 avgust kuni Toshkentga yig`inga kirishadi va Babayan mazkur yig`inga jami 24 nafar futbolchini jalb etgan. Mazkur o`rtoqlik uchrashuvi uchun xorijda to`p surayotgan bir qator legioner futbolchilar ham chaqirilgan. Faqatgina, Odil Ahmedov (“Krasnodar”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Moskva), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar) hamda Sanjar Tursunov (“Um Salal”, Qatar) kabi futbolchilar mazkur yig`inda ishtirok eta olishmaydi.

Eslatib o`tamiz, Burkina-Fasoga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi 24 avgust kuni Paxtakor stadionida bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o`yinga chaqirilgan futbolchilar ro`yxati:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Eldorbek Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Aleksandar Merzlyakov (“Buxoro”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Ruslan Melziddinov (“Buxoro”), Egor Krimes (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Aziz Haydarov (“Ash Shabob”, BAA), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Shoxruz Norxonov (“Obod”), Server Jeparov (“Lokomotiv”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Zohid Abdullaev (“Metallurg”).

Sharhlar

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1