1

“O`zbekiston. Ufqga nazar solmoq"

Madaniyat 18.09.2022, 11:04
“O`zbekiston. Ufqga nazar solmoq"

 “Ipak yo`li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish kunida Valdis Pelsh tomonidan suratga olingan film namoyishi bo`ladi.

Kinemotografiya agentligi buni ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur kinokartina "Eriell Group" nefteservis kompaniyasi homiyligida suratga olingan. U o`zbek va rus kinoijodkorlari hamkorligining yorqin namunasidir.

2Bu film yurtimiz muhiti qabrab olgan: eng boy tarixiy qadriyatlar, serquyosh zaminning issiqligi", — deya izoh beriladi agentlik xabarida.

Ta`kidlanishicha, filmda O`zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti yaqqol ko`rsatib berilgan. 

"Mamlakatning barcha jabhalarini o`zida mujassam etgan mana shunday qiziqarli uyg`unlik O`zbekiston energetika vaziri, sport va turizm vaziri, ekspertlar, talabalar va boshqa ko`plab qiziqarli shaxslar bilan bo`lgan mazmunli suhbatlar bilan ham yanada sayqallandi", — deyiladi xabarda.

Filmning namoyishi tomoshabinlar uchun hissiyotga boy va yorqin bo`lishini va`da qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1