Qirg`izistonda 19 sentyabr milliy motam kuni deb e`lon qilindi. Bu haqdagi tegishli hujjat respublika prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolangan.
Shu kuni Qirg`iziston Respublikasining davlat bayroqlari butun mamlakat bo`ylab, shuningdek, xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari binolarida hilpiraydi. Mamlakatdagi madaniyat muassasalari va teleradiokompaniyalarida ko`ngilochar tadbirlar va dasturlarni bekor qilish tavsiya etiladi.
Eslatib o`tamiz, 16 sentyabr kuni qirg`iz-tojik chegarasida otishma sodir bo`ldi. Tomonlar bir-birini provokasiyada ayblamoqda. To`qnashuvlarda qirg`iz tomonidan 36 kishi halok bo`lgani va 100 dan ortiq yaralanganini ma`lum qilindi.
15-16 sentyabr kunlari Samarqandda o`tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining yigirma ikkinchi sammiti ishtirok etgan Qirg`iziston va Tojikiston prezidentlari shu erning o`zida chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o`tkazishgan edi.