AsosiySport

EChL. “Manchester Siti” pley-off bosqichini yirik g`alaba bilan boshladi

Evropa chempionlar ligasining pley-off bosqichidan o`rin olgan dastlabki uchrashuvlar bo`lib o`tdi.

“Manchester Siti” jamoasi Ruminiyada “Styaua” klubini yirik – 5:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, “Borussiya” M jamoasi 3:1 hisobida “Yang Boyz” futbolchilarini taslim qildi.

Quyida dastlabki bosqichdan o`rin olgan natijalar bilan tanishing.

EChL, pley-off bosqichi. Dastlabki uchrashuvlar

"Yang Boyz" (Shveysariya) – "Borussiya" M (Germaniya) 1:3 (0:1, 1:2);

"Styaua" (Ruminiya) – "Manchester Siti" (Angliya) 0:5 (0:2, 0:3);

"Dinamo" Zagreb (Xorvatiya) – "Red Bull" (Avstriya) 1:1 (0:0, 1:1);

"Kopengagen" (Daniya) – APOEL (Kipr) 1:0 (1:0, 0:0);

"Ayaks" (Gollandiya) – "Rostov" (Rossiya)  1:1 (1:1, 0:0).

Boshqa yangiliklar