Bugun, 19 sentyabr kuni Tayvanda 5,9 magnitudali yana bir kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Tayvan seysmologik xizmatining qayd etishicha, er silkinishi mahalliy vaqti bilan soat 10:07 da sodir bo`lgan.
Zilzila episentri orolning sharqiy sohilidagi Xualyan shahridan 69 kilometr janubi-g`arbda joylashgan. Silkinish o`chog`i 13,4 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Tayvan ma`muriyati bosh ijrochi rahbari Say Inven favqulodda vaziyatlar xizmatlarini yangi silkinishlar xavfi oldida hushyor turishga chaqirdi.
Eslatib o`tamiz, kecha, 18 sentyabr kuni Tayvanning aholi kam yashaydigan janubi-sharqiy qismida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo`lgan edi.






