1

Osiya taraqqiyot banki O`zbekistonga 2,8 mlrd dollar ajratadi

Iqtisodiyot 20.09.2022, 15:16
Osiya taraqqiyot banki O`zbekistonga 2,8 mlrd dollar ajratadi

Joriy yilning 19 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev videokonferensaloqa orqali OTBning ma`murchilik va korporativ boshqaruv bo`yicha vise – prezidenti Bryus Gosper bilan muloqot o`tkazdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O`zbekiston va OTB o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

OTB rahbariyati tomonidan O`zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida xususiy va xorijiy investisiyalarni jalb qilishni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta`kidlangan. 

Loyihalarning joriy portfeli infratuzilmaviy qurilish, energetika, uy-joy kommunal xo`jaligi, sog`liqni saqlash, qishloq xo`jaligi sohasidagi 3,7 milliard dollarlik 24 ta loyihadan iborat ekanligi aytildi. OTBning 2022-2024 yillarga mo`ljallangan sug`urta operasiyalari bo`yicha biznes-rejasi doirasida 2,8 milliard dollarlik 27 ta loyihani birgalikda amalga oshirish to`g`risida kelishuvga erishilgan.

Ta`kidlanishicha, bu yil 274 million dollarlik 1 ta investisiya loyihasi bo`yicha shartnoma imzolandi hamda ipoteka bozori sektorini rivojlantirish va byudjetni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan umumiy qiymati 650 million dollarlik 2 ta loyiha bo`yicha muzokaralar yakunlandi. Mazkur loyihalar bo`yicha bitimlarni joriy yil oxirigacha imzolash bo`yicha chora-tadbirlar ko`rishga kelishib olingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1