AsosiyDunyo
11985

Avstraliyalik ayol 18 kilogramm vaznga ega chaqaloqni dunyoga keltirdi

Avstriyada 272 kilogramm vaznga ega ayol 18 kilogramli chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda Life.

Ayolning salomatligidan xavotirga tushgan shifokorlar bolani kesarcha kesish yo`li bilan tug`ruqni amalga oshirishdi. 

Dastlab, shifokorlar avstraliyalik ayol uch egizakni dunyoga keltirishini taxmin qilishgan edi. 

Biroq, ayol yirik vaznga ega bir nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi. Chaqaloqni taroziga qo`ygan shifokorlar o`z hayratini yashirolmadi: Tarozi 18,1 kilogram og`irlikni ko`rsatayotgan edi. Hozirda ona va bolaning ahvoli qoniqarli. 

Ma`lumot uchun, so`nggi marta bunday katta vaznga ega chaqaloq 1839 yilda dunyoga kelgan edi. O`shanda chaqaloqning vazni 17,2 kilogrammni tashkil etgan.

Boshqa yangiliklar