AsosiyDunyo

Qirg`iz-tojik chegarasida nima gap?

'Qirg`iz-tojik chegarasida nima gap?'ning rasmi

Ayni fursatlarda dunyo aholisi diqqat-e`tibori o`ta qaltis Rossiya—Ukraina munosabatiga qaratilgan bir paytda Tojikiston va Qirg`iziston o`rtasidagi harakatlar yana bir karra xavotirga solmoqda. Xususan, taxminan 1 soatlarcha avval ikki davlat chegarasida yana o`q ovozi eshitilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mamlakatlar o`rtasida kelishmovchiliklar avj pallasida bo`lgan bir vaqtda tarqalgan barcha xabarlar kishini o`ylantiradi. Xo`sh, chindan ham bu ikki davlat o`rtasida otishma davom etmoqdami? 

Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasining xabar qilishicha, 2022 yil 21 sentyabr soat 19:00 holatiga ko`ra, Qirg`iziston-Tojikiston davlat chegarasining Botken viloyatidagi uchastkasida vaziyat keskinligicha qolmoqda.1 soat avval, ya`ni 18:20 dan 18:50 ga qadar Qirg`izistonning Botken tumanidagi Do`stuk qishlog`i yaqinida Tojikiston Respublikasi hududida ikki marta o`q uzilgan.

Leylek tumanining Maqsat va Botken tumanining Do`stuq qishlog`ida fuqarolar avtomobillariga qarata o`q uzilgani haqidagi ma`lumotlar esa haqiqatga to`g`ri kelmasligi aytilmoqda.

 Qirg`iziston Respublikasi Chegara xizmati fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlardagi ishonchsiz nashrlar va turli mish-mishlar bilan jamoatchilikni bezovta qilmaslikka hamda tegishli idoralar bilan ma`lumotlarga aniqlik kiritishga chaqirgan.

Xabar to`ldirilmoqa...

    Boshqa yangiliklar