Ayni paytda Kiev bunday tanklarga o`ta muhtoj.
Shu vaqtgacha G`arb mamlakatlaridan bir necha tonna qurol-yarog` qabul qilib olgan Ukraina Rossiyaga qarshi hujumni davom ettirish uchun G`arbdan tezkor tartibda zamonaviy tanklar etkazib berishni so`ramoqda.Biroq g`arb davlatlari buni hozircha ortga surmoqda
Xabarlarga ko`ra, harbiy ekspertlar muvaffaqiyatli hujumlar uchun Ukrainaga M1 Abrams va Leopard' tanklari zarurligini ta`kidlagan. Amaldorlar logistika va ekipajni o`qitish bilan bog`liq muammolar tufayli bu turdagi texnikani etkazib berishni kechiktirayotgani aytilmoqda. Bundan ko`rinadiki, jarayon pul masalasiga borib taqaladi.
Arim manbalarga ko`ra, Ukrainaga nafaqat Amerika tanlari, balki ularga xizmat ko`rsatish uchun detallar berish kerak – bu katta to`siqlardan biri bo`lib qolmoqda.
Ma`lumot uchun, harbiy texnika sovet davrida ishlab chiqarilgan texnikalardan keskin farq qiladi.
Eslatib o`tamiz, yoz oyida Ukraina Germaniyadan Leopard' tanklarini etkazib berishni so`ragan. Ammo Berlin bir necha bor buni inkor qilgan.