AsosiyDunyo

Checheniston rahbari safarbarlikdan bosh tortganlarga murojaat yo`lladi

'Checheniston rahbari safarbarlikdan bosh tortganlarga murojaat yo`lladi'ning rasmi

Ramzan Qodirov qisman safarbarlikka qarshi chiqayotgan rus fuqarolariga murojaat qilib, ularni qo`rqoq va xoinlar deb atadi.

“Davlatga muhtoj bo`lganingda, o`z huquqlaring hurmat qilinishini talab qilasan. Komfort zonangni kengaytirmoqchi bo`lsang, vatan haqida og`iz ko`pirtirasan. 

Lekin davlat sening qo`llab-quvvatlashingga muhtoj bo`lib, seni chaqirganda-chi? Yo`q, sen xalqqa sodiq bo`lging kelmayapti. Oddiygina qo`rqoqsan, qarindoshlaring, do`stlaring, tanishlaring, uying, shahring qolib, quyon qalbingning qulisan”, deb yozadi Qodirov o`zining rasmiy telegram kanalida.

    Boshqa yangiliklar