AsosiyDunyo

"Ukrainada harbiy jinoyatlar sodir etilgan" — BMT

'"Ukrainada harbiy jinoyatlar sodir etilgan" — BMT'ning rasmi

Fevral oyida Rossiya tomonidan e`lon qilinib, boshlangan "harbiy operasiya" hamon davom etmoqda. Shu kungacha ukrain aholisining aksariyati uylarini tashlab chiqishga majbur yuo`lgan bo`lsa, mamlakat infratuzilmasiga etgan zarar hafida umuman so`z ochmasa ham bo`ladi. 

Mamlakat allaqachon vayronaga aylanib ulgurgan biroq ukrain halqi g`arb yordami bilan "hali yiqilganicha yo`q". Ruslar esa yanada kuchliroq zarbalar "payida". 

BMT dalillarga asoslanib shu xulosaga kelgan.

Ma`lum bo`lishicha, tekshiruvlar o`qqa tutish va bombardimon qilish, qatl etish, qiynoq, qo`pol muomala, jinsiy zo`ravonlik va bolalarga qarshi jinoyatlar sodir etilganinni ko`rsatadi.

Erik Myose, BMT tergov komissiyasi raisi:

"To`plangan dalillarga asoslanib, komissiya Ukrainada harbiy jinoyatlar sodir etilgan degan xulosaga keldi. Biz tashrif buyurgan joylarda sodir etilgani aniqlangan qotillikar bizni hayratga soldi. Hozir komissiya 16 shahar va shaharchalarda qurbonlarni ko`zdan kechirmoqda. Biz hujjatlashtirayotgan yana boshqa ko`plab jinoyatlarning ishonchli dalillarini oldik".

Ma`lumotlarga ko`ra, BMT ekspertlari iyun oyining o`rtalarida Ukraina hududida mamlakatning to`rt hududidan ish boshlangan. Bular Kiev, Sumi, Xarkov va Chernihivdir.

    Boshqa yangiliklar