1

Putin harbiy xizmatga oid tuzatishlar paketini imzoladi

Dunyo 24.09.2022, 18:41
Putin harbiy xizmatga oid tuzatishlar paketini imzoladi

Vladimir Putin jangovar harakatlarda qatnashishdan bosh tortgani uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish haqidagi qonunni imzoladi.

Rossiya prezidenti imzolagan harbiy xizmatga oid tuzatishlar paketida quyidagilar ko`zda tutilgan:

— Ixtiyoriy taslim bo`lganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi (3 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

— Talonchilik uchun jinoiy javobgarlik (15 yilgacha qamoq jazosi);

— Shuningdek, davlat mudofaa buyurtmasi bo`yicha shartnoma shartlarini takroran buzganlik uchun - 4 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, agar topshiriq bajarilmasa yoki zarar kamida 5 million rublni tashkil etgan bo`lsa, . 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi;

— Davlat mudofaa buyurtmasi bo`yicha shartnoma tuzishdan takroran bosh tortganlik uchun ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan (4 yildan 8 yilgacha);

— Zaxiradan harbiy tayyorgarlikka chaqirilganlar shartnoma bo`yicha harbiy xizmatni o`tayotgan askarlar bilan birga bo`lmaslik yoki xizmat joyini ruxsatsiz tark etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi;

— Harbiy buyruqlarni bajarmaganlik, dezertirlik, xizmatdan bo`yin tovlaganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi, agar ular “harbiy holat davrida, urush davrida yoki qurolli mojarolar hamda jangovar harakatlar sharoitida” sodir etilgan bo`lsa, javobgarlik kuchaytiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1