Pashinyan BMT bosh kotibiga Ozarbayjon ustidan shikoyat qildi

Dunyo 24.09.2022, 23:04
Pashinyan BMT bosh kotibiga Ozarbayjon ustidan shikoyat qildi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan Armaniston—Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda "Zamon.uz" sayti yozmoqda.

Guterrish ikki davlat chegarasida davom etayotgan taranglikdan xavotir bildirib, mintaqaviy muammolarni tinch muzokaralar orqali hal etish muhimligini bildirgan.

Pashinyan Ozarbayjon bo`linmalarini Armaniston Respublikasi suveren hududidan zudlik bilan olib chiqib ketish bo`yicha xalqaro hamjamiyatning adekvat javobi muhimligini ta`kidladi.

Bundan tashqari, u Evropa kengashi rahbari Charlz Mishel bilan uchrashuvda xalqaro hamjamiyat, jumladan, Evropa Ittifoqi tomonidan Ozarbayjon tajovuziga aniq va maqsadli baho berish zarurligini ta`kidlagan. Mishel muloqot va tinchlikni rivojlantirishga tayyorligini tasdiqlagan.

Eslatib o`tamiz, Ozarbayjon va Armaniston chegarasida 13–14 sentyabr kunlari qurolli kuchlar o`rtasida to`qnashuv sodir bo`lgan. Unda Ozarbayjon tomonidan 80 nafar askar halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1