AsosiyDunyo

Sadir Japarov Putinga hamdardlik bildirdi

'Sadir Japarov Putinga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

"Sputnik Qirg`iziston"ning yozishicha, Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda sodir bo`lgan otishma natijasida 15 kishi halok bo`lgan. Ulardan 11 nafari bolalar edi. 24 kishi jarohatlangan. 

Xabarda qayd etilishicha, Qirg`iziston rahbari fojiali xabarni katta taassuf va hamdardlik hissi bilan qabul qilganini ta`kidlagan. 

Japarov Qirg`iziston xalqi nomidan Rossiya rahbari va halok bo`lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini tiladi. 

Ma`lum bo`lishicha, maktabga hujum qilgan shaxs jinoyatdan so`ng o`z joniga qasd qilgan. U shu maktab bitiruvchisi ekanligi aytilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar