Toshkentda avtomobillarga yashirilgan kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari fosh qilindi

Jinoyat 27.09.2022, 11:48
Toshkentda avtomobillarga yashirilgan kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari fosh qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Fuqaro K.M.ning boshqaruvidagi “SPARK” rusumli avtotransport vositasi ko`zdan kechirilganda, 66 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.E. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida fuqaro D.Sh. 48 dona qizil va oq rangli kuchli ta`sir qiluvchi kapsula shaklidagi dori vositalarini Toshkent shahrida o`tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan IIB xodimalari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.K. “Mangulik” ko`chasida 48 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1