1

Insulinni organizmga “ukol”siz etkazib beruvchi robot-kapsula yaratildi

Salomatlik 30.09.2022, 14:47
Insulinni organizmga “ukol”siz etkazib beruvchi robot-kapsula yaratildi

Qandli diabetning birinchi turidan aziyat chekuvchi bemorlar muntazam insulin moddasini qabul qilishlari lozim. Ammo in`eksiya shaklidagi bu garmon teri ostiga yuborilishi bois mazkur jarayon ko`pchilik uchun qiyinchilik tug`dirishi tabiiy.  

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, AQShning Massachusets texnologiya instituti olimlari ushbu muammo echimini topish maqsadida izlanishlar olib borgan. Natijada organizmga insulin va boshqa dori vositalarini “ukol”siz etkazib beruvchi maxsus robot yaratildi.  

Yangi “RoboCap” qurilmasining ko`rinishi xuddi dori kapsulasiga o`xshash. Uning bir uchiga zarur preparat rezervuari o`rnatilgan. Ikkinchi tomonidan esa moslamani harakatlantiruvchi, uni oshqozon kislotasidan himoya qiladigan va ichak shilliq qavatlaridan o`tishiga imkon beruvchi mitti mexanizm joy olgan. Qurilma yuzasi jelatin moddasi bilan qoplangan.

Olimlar “RoboCap”ni jonivorlarda sinab ko`rdi. Moslama hayvonlar organizmiga insulin va boshqa zarur preparatlarni beziyon va samarali etkazib berish vazifasini to`laqonli uddaladi.  

Endi innovasion ishlanma insonlarda klinik sinovdan o`tkaziladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1