1

Toshkentda 175 million so`mlik jami 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi (foto)

Jamiyat 30.09.2022, 19:13
Teglar: Bojxona
Toshkentda 175 million so`mlik jami 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi (foto)

Bugun, 30 sentyabr kuni Toshkent noqonuniy muomaladan olib qo`yilgan 175 million so`mlik jami 25 ming quti tamaki mahsulotlari yo`q qilindi. Bojxona xodimlari huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda OAV vakillari guvohligida kontrabanda mahsulotlarini maxsus pechlarda yoqib yubordi. 

Noqonuniy tamaki mahsulotlari xorijda ishlab chiqarilgan bo`lib, raqamli markirovka kodlariga ega emas va aksiz markalari bilan qadoqlanmagan. Yoqib yuborilgan mahsulotlar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan DXX xodimlari bilan birga Ohangaronda o`tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil sifatida olingan. Ohangaron tuman sudi tomonidan ularni yo`q qilish yuzasidan hukm o`qilgan. 

Ma`lumot uchun, joriy yilning 9 oyi davomida bojxonachilar tomonidan jami 17,8 milliard so`mlik 1 million 458 ming 736 dona tamaki mahsulotlari olib qo`yilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan esa aybdor shaxslarga nisbatan 60 dan ortiq jinoiy va 175 ta ma`muriy ish qo`zg`atilgan.

Qayd etish kerak, kontrabanda mahsulotlarini ochiq yo`q qilish tadbirkorlar g`azabiga sabab bo`lishi mumkin, ammo aniq natijalarga erishish uchun bunday harakatlar muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak.

Diqqat!Tadqiqotlarga ko`ra, kashandalarning 64 foizi qonuniy sotuvda bor sigaretlarni sotib olishga qurbi yo`qligi sabab sifati past va xavfsizlik darajasi so`roq ostida bo`lgan kontrabanda mahsulotlarini iste`mol qiladi. 

Sharhlar

"Farg`ona xalqaro aeroporti" chegara-bojxona posti boshlig`i qo`lga olindi

08.07.2022, 12:01

Farg`ona aeroportidagi bojxonachilarning noqonuniy faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, "Farg`ona xalqaro aeroporti" chegara-bojxona posti boshlig`i vazifasini bajaruvchi A.S....
«Andijon» bojxona posti boshlig`i va uning ikki xodimi hibsga olindi

07.04.2022, 13:47

Xabaringiz bor, 2022 yil 17 fevral kuni Prezident bojxona tizimini yanada isloh qilish va korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazib,  Davlat bojxona qo`mitasiga...
Andijonda noqonuniy kosmetika vositalari aniqlandi

14.12.2021, 21:50

Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.Xususan, Andijon aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro Z.O`....
Farg`onada 340 mln so`mlik noqonuniy shokolad mahsulotlar aniqlandi

11.12.2021, 00:24

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan “O`zbekiston” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.Natijada,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1