AsosiyDunyo

Latviyada o`tkazilgan saylovning natijalari e`lon qilindi

'Latviyada o`tkazilgan saylovning natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

Latviya parlamentiga 1 oktyabrda o`tkazilgan saylovlarning natijalari e`lon qilindi

Unga ko`ra amaldagi Bosh Vazir Krishyanis Karinshaning "Yangi birlik" partiyasi 18,97% ovoz bilan g`alaba qozongan. "Yangi birlik" partiyasi 26 o`rinni egallagan. "Yashillar va fermerlar" ittifoqi 16 o`rinni egallab, 2018 yilgi saylov natijalariga ko`ra yaxshi natija ko`rsatdi. 

2018 yilgi saylovda 23 o`rin egallagan "Kelishuv" partiyasi bu galgi saylovda birorta ham o`rin egallay olmadi. 

Krishyanis Karinshaning partiyasi "Yangi birlik" (26 mandat) "Birlashgan ro`yxat" (15 mandat) va Milliy birlik (13 mandat) bilan kaolisiyaga kirishishi kutilmoqda. 

Kecha saylov natijalariga ko`ra, Seymda o`rin egallagan partiya vakillari Latviya prezidenti Egil Levist bilan uchrashdi. Kaolisiya tuzish va hukumatni shakllantirish esa Seym vakillari orasida kelasi hafta muhokama qilinadi.

    Boshqa yangiliklar