AsosiySiyosat

O`zbekiston-Vengriya o`rtasida 15 ta hujjat imzolandi

'O`zbekiston-Vengriya o`rtasida 15 ta hujjat imzolandi'ning rasmi

Budapesht shahrida o`tgan oliy darajadagi muzokaralardan so`ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoev va Bosh vazir Viktor Orban O`zbekiston Respublikasi va Vengriya o`rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish to`g`risida qo`shma bayonot imzoladilar.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida O`zbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi.

Tashrif dasturidagi tadbirlar yakunlangach, Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi. Birinchi bort Toshkentga uchib keldi.

Boshqa yangiliklar