1

Kutilmagan sovg`a: Putin tug`ilgan kun arafasida Qodirovni ikkinchi bor general unvoni bilan "siyladi"

Dunyo 05.10.2022, 21:25
Kutilmagan sovg`a: Putin tug`ilgan kun arafasida Qodirovni ikkinchi bor general unvoni bilan "siyladi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvonini berdi, bundan olti oy oldin viloyat rahbari general-leytenant unvonini olgandi. Bu haqda Checheniston rahbari o`zining telegram-kanalida ma`lum qilgan.

"Sizlar bilan yana bir xushxabarni baham ko`rmoqchiman. Rossiya prezidenti menga general-polkovnik unvonini berdi. Farmon 709-son bilan chiqarilgan. Bu haqda Vladimir Vladimirovich shaxsan menga xabar berdi va tabrikladi", - deya aytib o`tdi u. Ayni paytda hujjat huquqiy axborotning rasmiy portalida e`lon qilinmagan.

Qodirov Putinga xizmatlarini yuqori baholagani uchun minnatdorchilik bildirgan. 

"Bu men uchun katta sharaf", - deydi u va oldindan bildirilgan ishonchni oqlashga va`da berib.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1