1

Tailanddagi bolalar bog`chasida sobiq polisiyachi otishma sodir etdi(video)

Dunyo 06.10.2022, 14:51
Tailanddagi bolalar bog`chasida sobiq polisiyachi otishma sodir etdi(video)

Tailanddagi bolalar bog`chasida sobiq polisiyachi otishma sodir etdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar berdi.

Hujumchi otishmadan keyin uyiga borib, xotini va bolasini ham otib o`ldirgan. So`ngra o`z joniga qasd qilgan.

Polisiya bayonotida aytilishicha, qurbonlar orasida kattalar qatori 22 nafar bola ham bor. 

Avvalroq polisiya otishma sodir etgan shaxsni qidirish ishlari boshlangani, hukumat vakili esa bosh vazir jinoyatchini qo`lga olish uchun barcha idoralarni ogohlantirganini aytgan.

Tailandda sobiq polisiya xodimi bog`chada 34 kishini otib tashladi

Ommaviy otishmalar Tailandda kamdan-kam uchraydi. Garchi qurolga egalik darajasi mintaqadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan yuqori bo`lsa ham noqonuniy qurollar keng tarqalgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1