AsosiyJinoyat
2307

Navoiyda bank xodimlari bankomatni o`marishdi

'Navoiyda bank xodimlari bankomatni o`marishdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ATB "Turonbank" Navoiy filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bankomatdagi pullarni o`zlashtirgan shaxs bank xodimlari bo`lib chiqdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar berdi.

 Bankning Navbahor bank xizmatlari ofisi mas`ul xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan 336 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek ushbu bankomat kassetasidan 98,8 mln so`mni echib olishib, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar