1

“Ofiser 55” serialining suratga olish va dublyaj jarаyonlari yakunlandi (foto)

Madaniyat 07.10.2022, 18:17
“Ofiser 55” serialining suratga olish va dublyaj jarаyonlari yakunlandi (foto)

Kinematografiya agentligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida ichki ishlar organlari faoliyatiga bag`ishlangan “Ofiser 55” seriali yaratilmoqda. Triller janridagi serial Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv bo`limining o`ta muhim ishlar bo`yicha tezkor xodimi haqida hikoya qiladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
 


Filmda qahramonning matonati, qattiqqo`lligi, jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o`ziga xos taktikasi, shuningdek, jinoyat qidiruvi sohasidagi xizmat naqadar mas`uliyatli ekanligi haqida so`z boradi. Serial voqealari tomoshabinni o`zining qiyin va keskin syujet liniyasi bilan qiziqtira oladi. 
 


Ayni vaqtda filmning suratga olish va dublyaj jarayonlari nihoyasiga etgan bo`lib, film musiqalari va garfikasi ustida ish olib borilmoqda. Yaqin orada film treyleri ham tayyor bo`lish arafasida turibdi.



Postanovkachi rejissyor Rustam Meliev, postanovkachi operator Diyor Adashev, prodyuserlar Jamshid Asadov va Dilbar Yusupova.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1