Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari Dmitriy Medvedev va Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga qidiruv e`lon qildi. Bu Ukraina Ichki ishlar vazirligi ma`lumotlar bazasidagi materiallar ma`lum bo`ldi, deya yozmoqda xorij OAV.
Qayd etilishicha, Medvedevning "yo`qolib qolish" sanasi 1 martga to`g`ri keladi.
Ma`lum bo`lishicha, u Ukraina Jinoyat kodeksining 110-moddasi: "Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish" bilan ayblanmoqda.
Xuddi shunday ma`lumotlar Mariya Zaxarova haqida ham e`lon qilingani aytiladi. Shu bilan birga, uning "yo`qolgan sanasi" boshqacha - 14 mart.
Bundan tashqari, Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov ham "yashirinuvchilar" qatoriga kiritilgan.
Ma`lumotlarning oxirgi yangilanish sanasi - 2022 yil 10 oktyabr.






