Bugun, 10 oktyabr kuni Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha oliy vakili Jozep Borrel Rossiyaning Ukrainaga bergan raketa zarbalaridan hayratda qolganini aytdi va Kievga qo`shimcha harbiy yordam berilishini ma`lum qildi. Bu haqda u Tvitter sahifasida yozgan, deya xabar bermoqda “Zamon.uz”.
“Rossiyaning Kiev va Ukrainaning boshqa shaharlarida tinch aholiga qilgan hujumlaridan qattiq hayratdaman. XXI asrda bunday harakatlarga o`rin yo`q. Men ularni keskin qoralayman. Biz Ukraina bilan birgamiz. Evropa Ittifoqining qo`shimcha harbiy yordami yo`lga chiqdi”, — deydi u.
Eslatib o`tamiz, dushanba kuni ertalab Rossiya tomonidan Ukraina shaharlariga yirik raketa hujumini uyushtirgan.






