AsosiyDunyo

O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlarni mamlakatni tark etishga chaqirdi

'O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlarni mamlakatni tark etishga chaqirdi'ning rasmi

O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlarni mamlakatni tark etishga chaqirdi.

"Ukraina shaharlariga raketa hujumlarining kuchayishi ortidan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Ukrainaga kelish va ushbu davlatda bo`lish yuzasidan qilgan murojaatlariga javoban, elchixona yana bir bor vatandoshlarimizni, ziddiyat o`z iziga tushguniga qadar, Ukrainaga sayohat qilishdan cheklanishga chaqiradi.

Bundan tashqari, frontdagi vaziyatning keskinlashuvi hamda butun Ukraina bo`ylab raketa va artilleriya zarbalarining davom etishi ehtimoli yuqoriligidan kelib chiqib, vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu mamlakatni tark etishlarini so`raymiz.", – deyiladi elchixona bayonotida.

    Boshqa yangiliklar