1

Qishda koronavirusning yangi, yanada xavfli shtammi paydo bo`lishi mumkin

Salomatlik 11.10.2022, 16:33
Qishda koronavirusning yangi, yanada xavfli shtammi paydo bo`lishi mumkin

AQSh Milliy Allergiya va yuqumli kasalliklar instituti direktori Entoni Faucining barchani jiddiy ogohlantirmoqda. Unga ko`ra, kelayotgan qishda koronavirusning yangi, yanada xavfli shtammi paydo bo`lishi mumkin. Bu haqda Vaksinauz xabar bermoqda.

"Biz infeksiyadan va/yoki emlashdan orttirgan immunitetimizni enga oladigan boshqa shtamm paydo bo`lishini taxmin qilishimiz kerak", dedi Fauci.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, kasalxonaga yotqizish va o`lim kabi pandemiya tendensiyalari hozirda butun mamlakat bo`ylab pasaymoqda. Masalan, hozirda AQShda COVID o`limining bir haftalik o`rtacha ko`rsatkichi 323 ni tashkil qiladi. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlariga ko`ra, bu fevral va mart oylarida mamlakatda kuzatilgan 1000 dan 2500 gacha bo`lgan ko`rsatkichdan ancha past.

Ammo Fauci barchani ehtiyotkor bo`lishga chaqirdi. Chunki qishda har doim infeksiyalarning ko`payish xavfi mavjud. "Biz to`g`ri yo`lda ketayotganga o`xshaymiz. Ammo "Pandemiyani butunlay tugadi" deyishimiz haqiqatga to`g`ri kelmasligi mumkin", deb qo`shimcha qilgan u.

Fauci 2021 yilning yoziga ishora qildi. O`shanda AQSh ham xuddi shunday past pandemiya tendensiyalarini boshdan kechirgan. Ammo omikron varianti paydo bo`lgan va o`tgan qishda koronavirus yuqtirish holati rekord darajada o`sgan. O`shandan beri omikronning bir nechta subshtammlari paydo bo`lib, AQShda dominant bo`lib qoldi.

Bu qishda yana bir yangi, yanada yuqumli variant paydo bo`lsa, "hayron qolmasligimiz kerak", dedi Fauci. Yangi tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, ba`zi yangi subshtammlar, shu jumladan BA.4.6 immunitetdan BA.5ga qaraganda samaraliroq qochganga o`xshaydi.  

Buster dozani olish muhim ekanligiga ishora , dedi Fauci. Bu 12 va undan katta yoshdagi barchaga taalluqli.

️Ma`lumot uchun, 10 oktyabr holatiga mamlakatimizda buster doza bilan emlanganlar 20 016 400 nafarni tashkil qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1