AsosiyDunyo

Turkiyadagi portlashda ikki nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi

'Turkiyadagi portlashda ikki nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahrida 9 oktyabr, yakshanba kuni sodir bo`lgan portlashda ikki nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi. Bu haqda Haberturk xabar berdi.

Qayd etilishicha, Istanbul shahri Kadiko`y tumanida 3 qavatli uyda sodir bo`lgan portlash va uning ortidan kelib chiqqan yong`inda halok bo`lgan uch kishining ikki nafari O`zbekiston fuqarolari ekani aniqlandi.

"Fikirtepe" mahallasida joylashgan binoning 3-qavatidan chiqqan yong`inni o`chirishga jami 56 o`t o`chiruvchi va 19 ta texnika jalb qilinib 3 soat davomida o`chirilgan. Undan katta zarar ko`rgan binodan uch kishining jasadi olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida o`zbekistonlik bo`lgan A.K. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Uning 68 yoshli otasi, 10 yoshdagi qizi hamda shaxsi aniqlanmagan yana bir kishi halok bo`lgan.

O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi jarohatlangan fuqaroning ahvolidan xabar olib turgani va marhumlarning jasadlarini mamlakatga jo`natish masalalari bilan shug`ullanayotganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar