AsosiySport

Shomurodovni "Roma"da kim olib qolgani ma`lum bo`ldi

'Shomurodovni "Roma"da kim olib qolgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Taniqli futbol agenti Qahhor Mo`minov mijozi Eldor Shomurodovning nega Rimda qolgani haqidagi savolga javob berib o`tdi.

— "Roma" yozda Shomurodovni qo`yib yubormadi, biroq hamon maydonga tushirmayapti. Eldor joriy mavsum A Seriyada atigi 2 ta o`yinda harakat qildi. U bilan nima bo`lyapti?

 — Eldorga "Torino" va "Bolonya"dan jiddiy qiziqish bor edi. Shuningdek, Turkiyaning barcha etakchi klublari va Saudiya jamoalari uni sotib olmoqchi bo`ldi. Lekin "Roma" uni o`z safida olib qolishni istadi. Mourino va bosh direktor bilan suhbatlashdik. Joze bizga matbuotni o`qimaslikni maslahat berdi.

— Nega?

Ma`lum bo`lishicha, Shomurodovni hech kim Rimdan haydamayapti va qo`yib yubormoqchi ham emas. Masalan, Osiyoning moliyaviy baquvvat klublaridan juda katta taklif tushsa, balki o`ylab ko`rishlari mumkinligini ta`kidladi".

    Boshqa yangiliklar