AsosiyDunyo

Evropada pandemiyaning yangi to`lqini boshlandi

'Evropada pandemiyaning yangi to`lqini boshlandi'ning rasmi

Evropa mamlakatlarida koronavirus bilan bog`liq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda. Bu erda kasallikni yuqtirganlar soni kun sayin oshib boryapti.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

JSST Evropa mintaqaviy byurosi va Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo`yicha Evropa markazi rahbarlari mazkur holat yuzasidan qo`shma bayonot bilan chiqdi.

“Afsuski, qit`amizda yana ko`rsatkichlar o`sishini kuzatyapmiz. Bu COVID-19 pandemiyasining yangi to`lqini boshlanganidan dalolat beradi”, — deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, mintaqadagi immuniteti zaif kishilarning koronavirus va mavsumiy grippga chalinish ehtimoli yuqori. Bu esa bemorlar soni ko`payib, sog`liqni saqlash tizimi muassasalariga yuklamalar keskin oshishiga sabab bo`lishi mumkin.  

Shunga qaramay, har ikki virusning oldini olish va tarqalish ko`lamini cheklashda eng samarali vosita, shubhasiz, vaksinalardir. Biroq Evropada hanuz millionlab insonlar COVID-19ga qarshi emlanmagan.

️Shundan kelib chiqqan holda, JSST birinchi navbatda, aholining xavf guruhiga mansub qatlami emlanishi uchun tegishli choralar ko`rilishi zarur, deb hisoblaydi.  

 

 

    Boshqa yangiliklar