Ukraina va NATO o`rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik mamlakat allaqachon alyansning de-fakto a`zosiga aylanganini aytishga imkon beradi. Bu haqda TASS Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovga tayanib ma`lum qildi.
"Men NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergdan Ukrainani qo`llab-quvvatlagani uchun minnatdorman. Biz uzoq yo`lni bosib o`tdik va de-fakto alyansga qo`shildik", deb yozdi u Twitter sahifasida.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina NATOga a`zo bo`lmasligini tan olish zarurligini ma`lum qilgan. Biroq sentyabr oyining oxirida u harbiy-siyosiy blokka tezkorlik bilan qo`shilish to`g`risidagi arizaga imzo chekdi. Ma`lum qilinishicha, Stoltenberg jurnalistlarning alyans bunday arizani ko`rib chiqishga tayyormi yoki yo`qligi haqidagi to`g`ridan-to`g`ri savollariga javob bermagan. 6 oktyabr kuni Evropa Ittifoqining ichki bozor bo`yicha Evropa komissari Terri Breton Ukraina hududidagi harbiy harakatlar sharoitida Kiev NATOga qo`shila olmasligini aytgan.






