AsosiyDunyo

Rossiya-Ukraina urushining davom etishini AQSh va Angliya xohlayapti – Erdo`g`оn

'Rossiya-Ukraina urushining davom etishini AQSh va Angliya xohlayapti – Erdo`g`оn'ning rasmi

Rossiya-Ukraina urushining davom etishini eng ko`p AQSh va Angliya xohlagani va kontinental Evropa biroz zarar ko`rayotgani ma`lum bo`lyapti. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`an kecha, 13 oktyabr kuni Ostonadan qaytayotib jurnalistlar bilan muloqotda so`z ochdi. 

Qozog`istonda Turkiya rahbari Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi, biroq Ukrainadagi urush va Rossiyaning AQSh va G`arb bilan munosabatlarida Anqaraning vositachilik borasida miq etmadi. 

Turkiya tinchlik nuqtai nazaridan hamon markaziy ahamiyatga ega bo`lgan davlat bo`lib qolmoqda, bundan boshqa imkon yo`qdek. Bu borada yangi o`zgarishlar bo`ladimi, degan savolga Prezident Erdo`g`an quyidagicha javob berdi:

“O`rtamizda bo`lgan suhbatda bu fikr aslida o`z kuchini saqlab turibdi. Ya`ni Rossiya va ba`zi boshqa davlatlarning Turkiyaning vositachiligi borasida bizga ishonchi davom etmoqda. Biz ham u bilan Kerch ko`prigi haqidagi nozik fikrlarimizni o`rtoqlashdik. 

U bizga ba`zi texnik ma`lumotlarni ham berdi va biz bu boradagi ishimizni bir xil sezgirlikni saqlab, davom ettiramiz. Turkiyaga ishonchning davom etishi bizni ham xursand qildi”.

    Boshqa yangiliklar