Yolqin To`ychievning “Evrilish” filmi XXVII Busan xalqaro kinofestivalining (27th BUSAN International Film Festival) “KIM Jiseok Award” nominasiyasida g`olib deb topildi. Bu haqda Kinomotografiyani rivojlantirish agentligi xabar qildi.
“Evrilish” filmi Afg`oniston urushi haqida. Unda G`arb qarashlari bo`yicha yoritilgan xalqaro voqeliklar o`zgacha rakursda ko`rsatib berilgan. Asar qahramoni Rustam - Afg`oniston urushiga chaqirilgan o`zbekistonlik sovet askari. Rejissyor tarixiy voqea va shaxs taqdiri o`rtasidagi munosabatga alohida e`tibor beradi. Shuningdek, filmda Sovet Ittifoqining parchalanish tarixi, ulkan boylik orttirgan Rustam va uning tanishlari hayotidagi o`zgarishlar hikoya qilinadi.