G`arb “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” quvurlaridagi voqealar, shuningdek, Qrim ko`prigidagi terakt tufayli xavfli chiziqni kesib o`tdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Aleksandr Grushko. Bu haqda "Sputnik O`zbekiston" yozmoqda.
Grushkoning eslatishicha, NATO mamlakatlari doktrinalariga ko`ra, raqibning muhim infratuzilmaga etkazilgan zarar qurolli kuchlar yordamida “an`anaviy javob berishni nazarda tutuvchi qurolli hujum akti sifatida qabul qilinadi”.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakilining ishonchi komilki, hujumlarni uyushtirganlar nimaga kirishayotganini bilishgan. Qolaversa, ular buni yanada avj olish maqsadida ataylab qilishgan.
15.10.2022 14:29
G`arb Qrim ko`prigiga hujum bilan xavfli chiziqni kesib o`tdi – Rossiya TIV






