"Space X" asoschisi, ixtirochi Ilon Mask Ukrainada "Starlink" kompaniyasini moliyalashtirishda davom etadi. Bu haqda amerikalik biznesmen Ilon Mask Twitterdagi sahifasida yozgan.
"Starlink" pul yo`qotayotgan bo`lsa ham Ukraina hukumatini tekin moliyalashda davom etadi", deb yozgan Mask.
Mask avvalroq uning "Space X" kompaniyasi Ukrainada yordam sifatida berilgan "Starlink" terminallari tomonidan taqdim etiladigan sun`iy yo`ldosh Internet xizmatlarini moliyalashtirishni to`xatmoqchi ekanligini aytgan edi. U Pentagonga "Starlink" kompaniyasining Ukrainadagi faoliyatini moliyalashtirishni o`z zimmasiga olish iltimosi bilan maktub yo`llagan.






