AsosiyDunyo

Erondagi eng yirik qamoqxonada portlash yuz berdi(video)

'Erondagi eng yirik qamoqxonada portlash yuz berdi(video)'ning rasmi

Eron poytaxtida joylashgan Evin qamoqxonasida portlash sodir bo`ldi, natijada yong`in boshlandi. 

Bu haqda Fars agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Mahalliy aholi so`nggi 20 daqiqa ichida yong`in joyidan kamida to`rtta portlash ovozi eshitilganini ma`lum qildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Fars xabariga ko`ra, yong`in qamoqxonaning tikuv bo`limida moliyaviy jinoyatlar va o`g`irlikda ayblangan bir necha mahbuslar o`rtasidagi mojaro natijasida yuzaga kelgan. Yong`in darhol o`chirildi, deyiladi agentlik xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar