1

Antibiotiklarni ichayotganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Salomatlik 16.10.2022, 15:08
Antibiotiklarni ichayotganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Zamonaviy tibbiyot, avvalo, imkon qadar antibiotiklardan foydalanmaslik tarafdori. Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati eng zarur hollarda preparatni qo`llashda belgilangan tartib-qoidalar  haqida ma`lumot berdi. 

— Preparatning qondagi konsentrasiyasini bir me`yorda ushlab, antibiotikni aniq vaqtda qabul qilish kerak, — deydi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi bo`lim boshlig`i Elvira Svechnikova.— Misol uchun, agar dorini kuniga bir marta ichish buyurilgan bo`lsa, keyingi dozani 24 soat o`tgach, qabul qilish zarur. Agar kuniga 2 mahal bo`lsa, u har 12 soatdan keyin ichiladi.

 

 Antibiotikdan foydalangach, bemor ahvoli yaxshilansa, muolajani to`xtatib qo`ymaslik kerak. Chunki bu holat sog`ayganlikni bildirmaydi. Ehtimol infeksiya zaiflashgan, ammo butunlay yo`qolmagan bo`lishi mumkin.

 Tabletka shaklidagi preparatlar suv bilan ichiladi. Bu jarayonda sut va sut mahsulotlari, choy, qahva, sharbatlardan foydalanish taqiqlanadi. Infeksiyaning tanadan tezda chiqib ketishi uchun esa ko`p miqdorda suv ichish lozim.

 Agar antibiotik qabul qilingach, to`rt kun ichida bemor ahvoli yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bu holatda mutaxassis dozani o`zgartirishi yoki boshqa dori preparatini buyurishi mumkin.  

 Bemorlar avvallari qanday dori vositalaridan qancha dozada va qanday kasalliklarni davolashda foydalanganini, agar nojo`ya ta`sirlar kuzatilgan bo`lsa, bu bo`yicha qaydlarni yozib borishlari maqsadga muvofiq. Yaroqlilik muddati o`tgan dorilarni aslo qo`llab bo`lmaydi.  

 Shu o`rinda yurtdoshlarimizga preparatlarning nojo`ya ta`sirlari kuzatilsa, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining (71) 203-01-01 | 4144 telefon raqamiga murojaat qilishlari yoki tegishli xabarnoma kartasi shaklini to`ldirishlari lozimligini eslatib o`tilmoqda.   

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1