Iqlim o`zgarishi, energiya inqirozi, oziq-ovqat va o`g`it narxlarining ko`tarilishi sharoitida bu yil ocharchilik rekord darajaga etdi. Bu haqda “Zamon.uz” buni ma`lum qilmoqda.
Ta`kidlanishicha, yil boshidan buyon dunyoda ochlikdan aziyat chekayotgan odamlar soni 63 millionga oshib, 345 million kishiga etgan.
BMT ekspertlarining fikricha, keyingi 3 oy ichida to`yib ovqatlanmaslik Somali aholisining kamida 41 foizini qamrab oladi. 16 oktyabrda nishonlanadigan Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan tashkilot vakillari e`tiborni qiyin ahvolda bo`lgan mintaqaga qaratishga harakat qilmoqda.
Somali o`tgan noyabr oyidan beri kuchli qurg`oqchilikdan aziyat chekmoqda, bu milliondan ortiq fuqaroga ta`sir ko`rsatgan. Ayniqsa, o`tkir ocharchilik mamlakatning janubiy va markaziy hududlariga tahdid solmoqda. Ichki ko`chirilganlar uchun lagerlarda toza suv etishmasligi vabo va qizamiq tarqalishi xavfi oshgan.
"Sharqiy Afrikada har 36 soniyada 1 kishi ochlikdan o`lishi kutilmoqda. Somalidan tashqari Keniya, Efiopiya, Janubiy Sudan va boshqa mamlakatlarda ham vaziyat yomonlashmoqda", - deyiladi xabarda.






