AsosiyDunyo

Xitoy o`z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi

'Xitoy o`z fuqarolarini Ukrainani tark etishga chaqirdi'ning rasmi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Ukrainadagi fuqarolarini zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bu haqda Global Times Twitter akkauntida xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda Ukrainada xavfsizlik bilan bog`liq jiddiy vaziyat kuzatilmoqda,  Xitoy Tashqi ishlar vazirligi va Ukrainadagi elchixonasi hanuz mamlakatda bo`lib turgan Xitoy fuqarolarini xavfsizlik choralarini kuchaytirish va evakuasiya qilinishga chaqirmoqda.

Ukrainaning Xitoy elchixonasi evakuasiyani tashkil etishda yordam beradi. Xitoyliklar ham mamlakatni tark etishni kechiktirmaslikka chaqiriladi.

Xitoy o`z fuqarolarini imkon qadar tezroq Ukrainani tark etishga chaqirgan birinchi davlat emas. Yaqinda Amerikaning Kievdagi elchixonasi fuqarolarga xuddi shunday murojaat bilan chiqdi. Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligi Kievdagi elchixonasini evakuasiya qilishga ruxsat berdi. Shuningdek, diplomatik missiya qozog`istonliklarga Ukraina hududini tark etishni tavsiya qildi.

    Boshqa yangiliklar