Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvlari o`z poyoniga etdi va guruh bosqichiga yo`l olgan jamoalar nomi ma`lum bo`ldi.
Jumladan, ikki o`yin natijasiga ko`ra “Manchester Siti”, “Rostov”, “Dinamo Zagreb”, “Borussiya M”, “Kopengagen”, “Monako”, “Portu”, “Legiya”, “Seltik” va “Ludogores” jamoalari EChL guruh bosqichiga yo`l oldi.
Eslatib o`tamiz, bugun, 25 avgust kuni EChL guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 21.00da boshlanadi.