AsosiyDunyo

Amerikaliklarning qanchasi saylovda Bayden tomonligi ma`lum bo`ldi

'Amerikaliklarning qanchasi saylovda Bayden tomonligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

"Fox News" telekanali ijtimoiy so`rovnoma o`tkazdi, deya yozmoqda Zamon.uz' cayti.

So`rovnoma natijalariga ko`ra, amerikaliklarning 33% i Jo Baydenning qaytsa saylanishiga ovoz beradi. Qolganlar esa 2024 yilgi saylovda “Uyquchi Jo”dan boshqa har qanday nomzodga ovoz berishga tayyor.

Respublikachilarning atigi 9% i uning qayta saylanishi tarafdori.

Hech qaysi partiya tarafdori bo`lmaganlarning yarmidan ko`pi (54%) ham istalgan nomzodga ovoz berishga rozi.

"Bayden demokratlar orasida eng ko`p ovozga umid qilishi mumkin, ammo u erda ham 100%li g`alaba imkoni yo`q. Demokratlarning 71%i Baydenga 2024 yilda ovoz berishga tayyorligini bildirgan", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar