AsosiySport

“Oltin to`p-2022”: yilning eng, eng, englari taqdirlandi...

'“Oltin to`p-2022”: yilning eng, eng, englari taqdirlandi...'ning rasmi

2021-22 yilgi mavsum yakunlariga ko`ra topshirilishi rejalashtirilgan “Oltin to`p” mukofotini topshirish marosimi o`z nihoyasiga etdi. “France Football” nashri tomonidan tashkil etilgan ushbu marosimda quyidagi nominasiyalar bo`yicha sovrindorlar taqdirlandi:

— Yilning eng yaxshi futbolchisi uchun “Oltin to`p” sovrini;
— Yilning eng yaxshi darvozaboni uchun “Lev Yashin” sovrini;
— Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun “Kopa Trophy” sovrini;
— Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi uchun “Oltin to`p”;
Reklama Native Network UZ
— Yilning eng sermahsul va yaxshi to`purari uchun “Gerd Myuller” sovrini;
— Ijtimoiy xizmatlari va xayriya ishlari uchun “Sokrates” sovrini;
— Yilning eng yaxshi jamoasi sovrini.

Natijalarga ko`ra, “Golden boy” sovrini “Barselona”ning yosh iqtidori — Gaviga topshirildi. Bu yo`lda u Pedri, Bellingem, Kamavinga hamda Musiala singari nomzodlarni ortda qoldirdi.

“Lev Yashin” sovrini esa Madridning “Real” klubi safida Evropa Chempionlar Ligasi hamda La Ligada g`olib chiqqan Tibo Kurtuaga topshirildi.

Asosiy sovrinni hech shubhasiz, “Real” safida fantastik mavsum o`tkazgan Karim Benzema qo`lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi eng yirik individual sovrin hisoblanadi.

Shuningdek, eng yaxshi ayol futbolchi uchun “Oltin to`p” “Barsa” a`zosi Aleksiya Putelyasga, “Sokrates” sovrini “Bavariya” a`zosi Sadio Manega, “Gerd Myuller” sovrini esa “Barsa” hujumchisi Robert Levandovskiga nasib etdi.

Yilning eng yaxshi jamoasi deb esa — “Manchester Siti” e`lon qilindi. Amaldagi YChL hamda La Liga g`olibi bo`lgan “Real” esa bu ro`yxatda 3-o`rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar