1

Rasman! “Manchester Siti” Klaudio Bravoni “Barselona”dan sotib oldi

Sport 25.08.2016, 20:54
Teglar: Futbol, Sport, Angliya Premer-ligasi
Rasman! “Manchester Siti” Klaudio Bravoni “Barselona”dan sotib oldi

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi "Barselona" darvozaboni Klaudio Bravoni o`z safiga qo`shib olganini rasman e`lon qildi. 

Shartnoma muddati va transfer qiymati haqida hozircha ma`lumotlar yo`q. Chililik davrozabonni “Manchester Siti”ga sotgan kataloniyaliklar bir necha soat oldin “Ayaks” posboni Yasper Sillessenni sotib olganini e`lon qilgandi.

– "Manchester Siti" klubiga qo`shilganimdan xursandman. Klub o`ziga xos loyihani amalga oshirayotganidan xabarim bor. Jamoaning bo`lajak yutuqlariga o`z hissamni qo`shishga umid qilaman.  Ikki yil fantastik mavsumdan keyin "Barselona"ni tark etish oson bo`lmadi. Lekin Pep Gvardiola bilan birga ishlash imkoniyatidan voz kecha olmadim, – dedi Bravo.
 

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
Amerika teleradiokompaniyasi APL bilan yangi shartnoma imzoladi

19.11.2021, 22:29

Angliya Premer-ligasi va NBC Universal o`zaro manfaatli shartnoma imzoladi. Bu haqda BBC xabar berdi. Qayd etilishicha, amerika teleradiokompaniyasi Premer-liga o`yinlarini ko`rsatish huquqini to`liq sotib olgan. Kelishuv qiymati 2...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1