Parlament yig`ilishida Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov poytaxt hokimiga “juft kunlarda avtomobillarni shaharga, toq kunlarda esa toq raqamli avtomobillarni shaharga kiritish vazifasi yuklanganini ma`lum qildi.
Uning ta`kidlashicha, bu yil IES to`liq quvvat bilan ishlamaydi, shuning uchun tutun kamroq bo`lishi kerak. Japarovning so`zlariga ko`ra, asosiy muammo katalizatorsiz mashinalarda.
"Eng katta muammo katalizatorsiz transport visitalarida. Hammasi sotiladi. Endi shahar hokimi oldida smogga (zaharli tutun) qarshi kurash turibdi. Agar kerak bo`lsa, biz shahar ko`chalarida transport harakatlanishi bo`yicha ba`zi o`zgartirishlarni ko`rib chiqamiz, masalan haftaning juft kunlari faqat juft raqamli avtoulovlar, toq kunlarda toq raqamli avtoulovlar harakatlanadi",- deydi Japarov .
Deputat Elvira Surabaldieva esa yonayotgan chiqindixona muammosini hal qilish zarurligini ta`kidlagani aytiladi.






