AsosiyJamiyat

Farg`onadagi tug`uruqxonada 33 yoshli ayol vafot etdi (video)

'Farg`onadagi tug`uruqxonada 33 yoshli ayol vafot etdi (video)'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Beshariq tumanida tug`uruqxonaga olib borilgan 33 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda"Millar" dasturida xabar qilindi.

Ma`lum qilinishicha, ayol tug`uruqxonaga soat 08:30 larda olib borilgan, shifokorlar soat 15:00 larda operasiya qilish lozimligini, bola nobud bo`lgani va bachadonni ham olib tashlash kerakligini aytishgan. Operasiyadan keyin ayolni boshqa joyga ko`chirishga ruxsat berilmagan. 

"Bu ayolning buyragi ishlamayapti, zudlik bilan dializ qilishimiz kerak, sizlarga Qo`qon yaxshi, dedi do`xtirlar. Buyragi ishlamayotganini operasiyada ko`rgan ekan, nega Toshkent, Farg`ona yoki Qo`qonga olib ketish uchun ruxsat so`raganimda bermadi? Yomon holatda, ko`chaning mashinasida, kech kelgan, dedi. Sud-ekspertiza xulosasida ham ayol og`ir holatda kelgan deyilyapti. Aslida unaqa holat yo`q edi", - deydi marhumaning turmush o`rtog`i.

Ma`lum bo`lishicha, ayolning bundan avval qiz farzandi bo`lgan va oradan sakkiz yil o`tib, yana bir farzandini dunyoga keltirmoqchi bo`lgan.

Tuman perinatal markazi bo`limi mudiri Soraxon Ayubxo`jaevaning ma`lum qilishicha, o`sha kuni bermorga qaragan hamma xodimlarga intizomiy choralar ko`rilgan. Hozirda holat yuzasidan Qo`qon shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar